10:39 / 15.01.2019
4 452

Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqdi

Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqdi
Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787-8 Dreamliner 11 yanvar kuni Dubaydan uchib kelgandan so‘ng, reysdan olingan. Xabarlarga ko‘ra uning motoridan qirindi topilgan. Motor shu qirindi hisobiga ishdan chiqqan. Bu haqda UZ24 xabar berdi.

Registratsiya raqami UK-78701 bo‘lgan bu samolyot yaqin vaqtdagi ishdan chiqqan «O‘zbekiston havo yo‘llari» shirkati ixtiyoridagi ikkinchi Dreamliner’dir.

Hozircha Uzbekistan Airways rahbariyati hali ikki yil ham ishlatilmagan eng qimmat yo‘lovchi samolyotlarining ketma-ket ishdan chiqayotgani haqida rasmiy axborot bermadi.

Avvalroq «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi «Ozodlik» nashri tomonidan tarqatilgan Boeing-787 Dreamliner samolyotining nosozligi haqidagi xabarni rad etgandi. Nashrning yozishicha, dvigatel nosozligi va tushunarsiz shovqinlar sababli 24 dekabr kuni HY604 Moskva—Toshkent reysi bir tarim soatga ushlanib qolgan va ekipaj nosoz samolyotda ortga uchishga majbur bo‘lgan. Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, reys haqiqatan ham 1 soat 18 daqiqaga ushlanib qolgan. Ushlanib qolishga yo‘lovchilarni samolyotga chiqarish va havo kemasining muzlashga qarshi ishlovi bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqdi