15:45 / 19.01.2019
4 607

Mahalladoshini 1,5 ming dollar evaziga o‘ldirishni buyurtma qilgan shaxs qo‘lga olindi

Mahalladoshini 1,5 ming dollar evaziga o‘ldirishni buyurtma qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: «Xalq so‘zi»
Joriy yil 2 yanvar kuni Samarqand shahri, So‘zangaron mahallasida istiqomat qiluvchi S.Sh. o‘zining mahalladoshi Sh.M. bilan avvaldan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiligi tufayli uni o‘ldirish uchun tanishi R.N.ga ushbu taklifni bildiradi. Ushbu qotillikni sodir etgan taqdirda, unga 1 500 dollar berishni va’da qilib, avans tariqasida unga oldindan 100 dollar beradi.

«Daryo» nashrining viloyat IIB matbuot xizmatidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, 9 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi va Samarqand shaxar IIO FMB JQB xodimlari hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro S.Sh. o‘zining tanishi R.N.ga Sh.M.ning soxtalashtirilgan, qotillik holati aks etgan fotosuratini ko‘rganidan so‘ng unga 800 dollar berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan S.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Mahalladoshini 1,5 ming dollar evaziga o‘ldirishni buyurtma qilgan shaxs qo‘lga olindi
[/banner_pushhouse