date
views 5 542

Nahotki 2262 kishining joni qayoqdagi «probka» yoki 5 daqiqa ko‘proq yurishdan qadrsiz bo‘lsa?!

Nahotki 2262 kishining joni qayoqdagi «probka» yoki 5 daqiqa ko‘proq yurishdan qadrsiz bo‘lsa?!
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2018 yilda yo‘l-transport hodisalarida necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda respublikada YTHlarda 2262 kishi halok bo‘lgan. Bu 2017 yildagiga qaraganda 8,5 foiz kamroq (2017 yilda 2473 kishi).
Shuningdek, YTH oqibatida 8458 kishi tan jarohati olgan (2017 yilda 9637 kishi).

Avvalgi yilga qaraganda hodisalar soni biroz kamaygan bo‘lishi mumkin, ammo O‘zbekiston hamon yo‘llarda o‘lim soni yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzuga munosabatlar bildirilmoqda.
«2018 yilda O‘zbekiston yo‘llarida 2262 kishi halok bo‘libdi. Kuniga 6 kishi degani. Har kuni kimningdir otasi yo onasi, opasi yo singlisi, akasi yo ukasi, farzandlari mashina g‘ildiraklari tagida halok bo‘lyapti. Bu fojia bo‘lmay nima?», deb yozadi telegramdagi kanallardan birining muallifi.

«Avvalgi postlarimning birida o‘limlarni kamaytirishning usullaridan biri sifatida ruxsat berilgan tezlikni 70 km/soatdan 50 ga tushirishni taklif qilgandim. Dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida ushbu tezlik belgilab qo‘yilgan. O‘limlarni kamaytirishning sinalgan yo‘llaridan biri bu, velosiped yaratishning keragi yo‘q!

Bu taklifimga ba’zilar «avval trassalar quraylik, avval yo‘llarni tekislaylik… hammayoq «probka» bo‘lib ketadi», deyishdi. Ha, mayli, 25 yildan beri qurilmagan trassalar qurilib qolar, deb umid qilib o‘tiraveraylik, kuniga esa 6 kishi qurbon bo‘laveradi.

… «Mana, 2 minutda boraman deyishadi», ammo hali uyidan chiqib ketmagan bo‘ladi. Sal vaqtliroq harakat qilaylik, oldindan rejalashtiraylik, sekinroq, e’tiborliroq yuraylik va kuniga 6 kishining jonini saqlab qolaylik.
… Nahotki 2262 kishining joni qayoqdagi «probka» yoki 5 daqiqa ko‘proq yurishdan qadrsiz bo‘lsa?!», deydi u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nahotki 2262 kishining joni qayoqdagi «probka» yoki 5 daqiqa ko‘proq yurishdan qadrsiz bo‘lsa?!
-->