
25 yanvardan 26 yanvarga o‘tar tunda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, tungi soat taxminan 2:00lar atrofida Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi (sobiq hayvonot bog‘i yonida) YTH haqida xabar kelib tushgan.
«Neksiya-3» rusumidagi avtomobil haydovchisi reklama banneri ustuniga kelib urilgan. YTH oqibatida haydovchi, 25 yoshli A.T. va uning ikki nafar yo‘lovchisi (ayollar) voqea joyida halok bo‘lgan. Uchinchi yo‘lovchi (ayol kishi) shifoxonaga olib ketilgan, shifokorlar uning holatini og‘ir, deb baholashmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi sababi - tezlikning sezilarli darajada oshirilishi, oqibatda avtotransport vositasi boshqaruvini yo‘qotish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar