16:20 / 27.01.2019
4 939

Namanganda maktabga ajratilgan ko‘mirni uyiga tashiyotgan xo‘jalik mudiri ushlandi

Namanganda maktabga ajratilgan ko‘mirni uyiga tashiyotgan xo‘jalik mudiri ushlandi
Uychi tumanida umumta’lim maktabi uchun ajratilgan ko‘mir talon-taroj qilinishining oldi olindi. Bu haqda «Daryo»ga Namangan viloyat IIB Qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

23 yanvar kuni kechki payt 14-umumta’lim maktabi xo‘jalik ishlari mudiri B.J. va qorovuli J.A. ushbu muassasaga tegishli 21 ta qopdagi ko‘mirni mashinaga yuklab ketayotganda tuman IIB qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Surishtiruv davomida ko‘mir xo‘jalik mudirining uyiga olib ketilayotgani aniqlandi.

21 ta qopdagi jami 271 kilogramm ko‘mir maktabga qaytarildi. Bunga uringan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtilib, tuman IIBga keltirildi. Endi ularga nisbatan ko‘riladigan chora masalasini sud hal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda maktabga ajratilgan ko‘mirni uyiga tashiyotgan xo‘jalik mudiri ushlandi