17:50 / 29.01.2019
5 199

Toshkentda talaba YPX inspektoriga qoʻpol munosabatda boʻldi (video)

Toshkentda talaba YPX inspektoriga qoʻpol munosabatda boʻldi (video)
Oʻzbekistonda internet tarmogʻi foydalanuvchilari bir necha kun oldin paydo boʻlgan videoyozuvni muhokama qilishmoqda. Ushbu videoda yosh yigitning YPX inspektoriga nisbatan qoʻpollik qilayotgani aks etgan.

Toshkent IIBB maʼlum qilishicha, voqea 25 yanvar kuni soat chamasi 14.00 larda Shayhontoxur tumanidagi Alisher Navoiy koʻchasining Toshkent kimyo-texnologiya instituti yonida roʻy bergan.
YPX inspektori tomonidan “Matiz” va “Kobalt” rusumli avtomobillar haydovchilari toʻxtab turish qoidalarini buzganligi qayd etilgan.

“Kobalt” mashinasini transport vositalari toʻxtash taqiqlangan yoʻl belgisi qoʻyilgan joyda toʻxtatgan mazkur institutning 4-bosqich talabasi 25 yoshli Sardorshayx Yu., YPX inspektoriga oʻz xizmat vazifasini bajarishga toʻsqinlik qilgan. Inspektor qoʻlidan ratsiya, “Matiz” mashinasi haydovchisiga nisbatan tuzilgan maʼmuriy bayonnoma va unga qarashli haydovchilik guvohnomasini tortib olgan.

Sardorshayx Yu. inspektorga haqorat soʻzlar aytib, uni janjallashishga undagan va bularning barchasini telefonida videoga olgan. Voqea joyiga yetib kelgan Milliy gvardiya va IIBB xodimlari Sardorshayx Yu.ni ichki ishlar tayanch punktiga olib ketgan. Toʻplangan maʼlumotlar Shayxontohur tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Hozirda yosh yigitga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda talaba YPX inspektoriga qoʻpol munosabatda boʻldi (video)