2018 yilda mamlakatdan chiqqan O‘zbekiston fuqarolarining soni keskin oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak beryapti.
O‘tgan yili mamlakatdan 13,8 million fuqaro chiqdi. Taqqoslash uchun 2017 yilda 6,8 mln, 2016 yilda 5,3 mln, 2014 yilda esa 4,8 mln kishi edi. Shu bilan birga, ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 57,8% (8 mln kishi) erkaklar, 42,2% (5,8 mln kishi) ayollarni tashkil etadi.
MDH davlatlariga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 13,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lib, bu jami tashrif buyurganlarning 96,2%ni tashkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 530,6 ming kishi (yoki 3,8%) tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog‘iston Respublikasiga 51,6% (7,1 mln kishi), Qirg‘iziston Respublikasiga 23,1% (3,1 mln kishi) va Rossiyaga 8,5% (1,1 mln kishi) tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kishi), Xitoy, AQSh, Germaniyaga tashrif buyurgan.
Chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy safar maqsadi qarindoshlarni borib ko‘rish - 57,6%. Keyingi o‘rinda esa sayyohlik maqsadida - 2,9%, o‘qish maqsadida – 0,8%, davolanish, xizmat yuzasidan - 0,4%ni tashkil etadi.
O‘zbekistonliklarning qanchasi ishlash maqsadida ketgani ko‘rsatilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi