23:18 / 02.02.2019
6 122

Endi «Afrosiyob» poyezdi Jizzax shahrida ham to‘xtab o‘tadi

Endi «Afrosiyob» poyezdi Jizzax shahrida ham to‘xtab o‘tadi
2019 yil 2 fevraldan boshlab, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida qatnayotgan «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

«Mazkur zamonaviy poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar hamda investorlarga keng qulayliklar yaratish, qolaversa barcha yo‘lovchilarga sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, bundan tashqari ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdir», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2 fevraldan boshlab, Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlanadigan №762 «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Tezyurar poyezd Toshkent vokzalidan soat 07:28da harakatini boshlaydi va Jizzax vokzaliga soat 08:54da kirib borib, soat 08:56da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga esa soat 09:42da kirib borib, 09:50da harakatlanadi. Navoiy vokzaliga esa soat 10:40da to‘xtaydi va 2 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirib, soat 11:19da Buxoro vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan №761 «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi Buxoro vokzalidan soat 15:50da harakatini boshlaydi. Soat 16:27da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16:29da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 17:20 da yetib kelib, soat 17:28da harakatini boshlaydi. Jizzax vokzaliga esa soat 18:14da kirib kelib, ushbu vokzaldan soat 18:16da harakatini davom ettiradi va poyezd soat 19:44da Toshkent markaziy vokzaliga yetib keladi.​​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi «Afrosiyob» poyezdi Jizzax shahrida ham to‘xtab o‘tadi