Dushanbe sudi taniqli tojik estrada qo‘shiqchisi Firuza Hafizovani 5 ming somoniy (500 dollardan ko‘proq) jarimaga tortdi. Asos — xonanda tug‘ilgan kunini hamkasblari bilan birga nishonlagan.
Xonanda Tojikistonning marosimlar to‘g‘risidagi qonunini buzgani uchun jazolandi. Bu qonun fuqarolarga o‘z tavallud ayyomlariga artistlar tugul do‘stlarni chaqirishni ham man etadi, bayram qilmoqchimisan, marhamat, faqat oila davrasida.
«Hafizova ishi»da daliliy ashyo sifatida uning tug‘ilgan kunida olinib, ijtimoiy tarmoqlarda «aylantirilgan» video asos qilib olindi.
Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan «Tojikiston Respublikasida an’analar, marosimlar va urf-odatlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, 2007 yilning 8 iyunida amalga kiritilgan, 2017 yildan yanada kuchaytirilgandi. Qo‘shni davlat hukumatini ham tushunish kerak, axir fuqarolar mamlakat byudjeti xarajatlaridan bir yarim baravar ko‘p pulni to‘y va dafn marosimlariga sarflab yuborishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin