10 045
Ishqiy munosabat aks etgan kadrlar bilan qo‘rqitib, "Matiz" olmoqchi bo‘lgan "shantaj"chi qo‘lga olindi
Buxorolik fermer va uning ishchisi Navoiy shahrida Muhayyo (ismi o‘zgartirildi) bilan ”tanishishadi”. Keyin esa qayta “tanishishadi” va yana...
Qisqacha aytganda, garchi bu tanishlari bezor bo‘lsa ham ayol ularning fermer xo‘jaligiga oyma-oy borib turar, yeb-ichishi hamda kiyinishiga pul berib turmasa, “tanishuv”lar aks etgan videotasvirlarni internetga joylashtirib, oilasi va mahallasi oldida sharmandasini chiqarishini aytib qo‘rqitardi.
Shu yo‘l bilan Muhayyo ijarada turgan uyini ta’mirlatib, “oltin baliqcha” fermerlardan bir dona televizor undirdi. Tabiiyki, oyma-oy to‘lab borilgan ijara pullari buning ichiga kirmaydi.
Navbatdagi tashriflardan birida Muhayyo Sattor (ismi o‘zgartirildi) ismli qarindoshi bilan keladi. Buni qarangki, kelishdan ko‘zlangan maqsad uning ko‘ngli avtomashinalik bo‘lishni tusayotgani ekan. Sattor topgan “Matiz”ning pulini to‘lab berishsa, “tinch” qo‘yishini aytadi.
27 million so‘mlik dastlabki to‘lovni amalga oshirgan “oltin baliqcha” fermerlar, qolgan 20 million so‘mni bir oy ichida to‘lash shartiga rozi bo‘lib, o‘z yog‘lariga o‘zlari qovurilib qolaveradilar.
— Asli Buxoro viloyatining Buxoro tumanilik fermerlarning viloyat IIB boshlig‘iga qilgan murojaati asosida boshqarmamizning Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov. — Tadbirda yuqorida ismlari o‘zgartirilgan holda keltirilgan fuqarolar videotasvirlarni internetga chiqarmaslik, fermerlik faoliyatiga aralashmaslik sharti evaziga talab qilgan “Matiz” avtomashinasi uchun 47 million so‘mlik to‘lovning qolgan 20 million so‘mini olayotgan paytlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda, deya xabar qilmoqda "Xalq so‘zi online". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi