Amerikaning bir necha yirik kompaniyalarining dunyoning istalgan burchagidan ish tajribasiga ega bo‘lmagan minglab odamlarni ishga olish haqida yuborgan talabnomasi AQSh mehnat departamenti tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Unga ko‘ra fuqarolar Grin-karta orqali mamlakatga kelishi va ushbu kompaniyaga servis ishchisi sifatida kamida bir yil ishlab berishlari kerak bo‘ladi.
Bu usul biroz qimmatroq, lekin AQShdan tashqarida yashovchi istalgan kishi hatto ish tajribasi va ma’lumoti bo‘lmasa ham, yoki aksincha doktorlik darajasiga ega bo‘lsa, yirik kompaniyada farrosh sifatida bir yil davomida ishlab bersa 10 yillik Grin-karta olishi mumkin (yosh chegarasi 18-55 atrofida bo‘lishi talab etiladi).
Agar u oilali bo‘lsa, turmush o‘rtog‘i va 21 yoshdan kichik bo‘lgan barcha bolalari bilan birga kelishi mumkin. Biroq ulardan faqat bittasi ushbu dastur doirasida ishlab berishi kerak bo‘ladi. Ya’ni, turmush o‘rtog‘i boshqa istalgan joyda ishlashi mumkin.
Ushbu dastur doirasidagi ish haqi juda past. Minimal ish haqi soatiga 5,15 dollardan 12,5 dollarni tashkil etadi. Biroq ish vaqtidan tashqari ishlab, qo‘shimcha daromad topish mumkin.
Nima bo‘lgan taqdirda ham bu birinchi o‘rinda Grin-karta va keyinchalik Amerika fuqaroligini olish uchun muhim.
Shuningdek, xohishga ko‘ra boshqa ishda ishlash ham mumkin. Bir yillik mehnat shartnomasi tugaganidan keyin boshqa shtatga ko‘chib va boshqa ishda ishlashingiz mumkin.
Ushbu dastur uchun hujjatlar yig‘ishdan tortib, Mehnat va immigratsiya xizmati departamentidan barcha zaruriy ruxsatnomalarini olib, AQShga kelguncha taxminan yarim yil vaqt ketadi.
Bunda faqat sudlanmaganlik va qonun bilan bog‘liq hech qanday muammolarning yo‘qligi talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin