8 141
Markaziy bank raisi: "Avtokredit biz uchun xatarli kredit, shu sabab banklarga talabni kuchaytirdik"
Foto: Xalqaro press klub
Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov kecha, 6 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klub sessiyasida bank uchun qanday kreditlar xatarli hisoblanishi haqida ma’lumot berdi.
«Xatari kuchli bo‘lgan kredit turlari mavjud. Masalan, avtomobil sotib olishga beriladigan kredit. Xudo ko‘rsatmasin, avtomobil avariya bo‘ldi, mashina garovga qo‘yilgan, u endi yo‘q. Shuning uchun, o‘rtadagi marja degan narsa kreditni qaytarish xatari bilan bog‘liq.
Endi kredit olgan odamga, kreditni tekinga bersangiz ham ‘Nega uyimga olib kelib bermading?’, deydi.
Banklar aholidan qabul qiladigan pul miqdori bevosita inflyatsiya bilan bog‘liq. Ya’ni kredit stavkasi inflyatsiya bilan hamohang yuradi. Tadbirkor kreditga kuysa, faqat o‘zi kuyadi. Agar bank bergan puliga kuysa, o‘zi bilan ko‘pchilikni kuydiradi. Chunki bank kredit sifatida o‘z pulini emas, balki xalq pulini beradi», — deydi Nurmurodov.
Markaziy bank boshqaruv raisi mamlakatda avtokredit berish jarayoni sustlashganini quyidagicha izohladi:
«Avtokredit berishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq yo‘q. Biz avtokreditlar bo‘yicha xatar darajasini oshirdik, shuning uchun banklarga talablarni kuchaytirdik. Biz bu masalaga makroiqtisodiyot nuqtai nazaridan yondashishimiz kerak. Yangi avtomobillarni xarid qilish uchun kreditlash rivojlanayotgan paytda biz ikkilamchi bozorni o‘ldiramiz. Avtokreditlarni ommaviy ravishda berish va birlamchi bozorni rivojlantirish oqibatida biz ma’lum darajada, ikkilamchi bozorda past narxlar uchun shart-sharoitlar yaratamiz. Shunday qilib, bir yarim yil ichida avtomobil ancha arzonlashadi va kreditni qoplamaydi». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi