IIBB xabariga ko‘ra, profilaktik tadbirlar davomida ikki kun ichida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 74 nafar ayol qo‘lga olingan.
Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida 4 fevraldan 5 fevralga o‘tar kechasi 34 nafar, 5 fevraldan 6 fevralga o‘tar kechasi esa 40 nafar ayol qo‘lga olingan. Ularning 11 nafari avval 190-modda (“fohishalik bilan shug‘ullanish”) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, 40 nafar ayoldan 30 nafari avval turli qoidabuzarliklar uchun ichki ishlar bo‘limlariga olib borilishgan.
Barcha qo‘lga olingan ayollar IIBga olib borilib, ularning shaxsi tasdiqlangan. O‘sha yerda ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
U yerda ayollarga ishga joylashishda va turar-joy muammosini hal qilishda yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, ayollarni o‘z avtomobillarida fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib borib yurgan 4 nafar erkak ham qo‘lga olingan. Ularga nisbatan tegishli hujjatlar tuzilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?