6 513
Bosh prokuratura O‘zbekistonda kazino tashkillashtirilishi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi
Investorlar tomonidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida kazino (o‘yin biznesi)ni tashkil qilish masalasi bo‘yicha takliflar berilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
«Mo‘ynoq hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtayi nazaridan investorlar tomonidan ko‘plab investitsion loyihalar taklif etilmoqda. Bosh prokuratura tegishli vazirlik va idoralar bilan ushbu takliflarni o‘rganmoqda. Kazino (o‘yin biznesi) masalasi bo‘yicha ham takliflar kelib tushgan, uni amalga oshirish ehtimolining barcha aspektlari o‘rganib chiqilmoqda», – deydi Surayyo Rahmonova.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kazino faoliyati qonun bilan taqiqlangan.
Bundan avval, hozirgi vaqtda tegishli normativ akt tayyorlash bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan ishlar olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida