08:56 / 09.02.2019
6 374

Markaziy bank rahbari naqd pulga «sig‘inish» haqida

Markaziy bank rahbari naqd pulga «sig‘inish» haqida
Butun dunyoda naqd puldan voz kechilayotgan bir vaqtda O‘zbekiston naqd pul fetishizmi (naqd pulga «sig‘inish» — tahr.) kuzatiladi, dedi Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub majlisida.

MB rahbari mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxslar uchun bozordan arzonroq narxga mahsulotlar sotib olish uchun hisob raqamidan naqd pul yechib olishga cheklovlar bormi, degan savolga javob berdi.

«MChJ shaklidagi tadbirkorlar uchun cheklovlar yo‘q. Korporativ karta bor, unga pul yuklab, xaridlarni amalga oshirish mumkin. Avval, ha, bunaqasi bo‘lgan. Hozirda cheklov olib tashlangan (2018 yil aprelida — tahr.). Tadbirkor uchun naqd puldan ko‘ra plastik kartadan foydalanish qulayroq. Bizdagi bu holat naqd pul fetishizmi bilan bog‘liq. Butun dunyoda naqd puldan voz kechilmoqda», — dedi u.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev naqd pulga bo‘lgan talab soliqdan qochishga urinish bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

«Nima uchun naqd pulga ehtiyoj bor? Bu soliqqa tortish bilan bevosita bog‘liq. Agar biz hisob-kitoblarni pul o‘tkazish yo‘li bilan hamda naqd pul ko‘rinishida amalga oshirayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tizimini yarata olsak, tadbirkorlar uchun farq qolmaydi. Ayrim holatlarda soliqlardan qochish uchun ham tadbirkorlar naqd pulda hisob-kitob qilishadi», — dedi u.

DSQ rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bu borada Turkiya tajribasini qabul qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

«Biz Turkiya tajribasini o‘rganmoqdamiz. Naqd pulda hisob-kitob qilinayotganda QQS bo‘yicha hisob-faktura beriladi. Ya’ni hisob-kitob qanday shaklda amalga oshayotganidan qat’i nazar hisob-faktura mavjud. Hozir biz o‘zimizda buni amaliyotga qanday joriy etishni o‘ylayapmiz», — dedi Mubin Mirzayev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank rahbari naqd pulga «sig‘inish» haqida