5 143
TIV «Toshkent» xalqaro aeroporti tranzit zonasida bo‘lib turgan fuqaro haqida ma’lumot berdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Toshkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo‘lib turgan Ksyayman Xalimubiyeke haqida ma’lumot berdi.
«Ommaviy axborot vositalarining fuqaro Ksyayman Xalimubiyekening taqdiriga doir ko‘plab murojaatlari munosabati bilan shuni ma’lum qilamizki, u mamlakatimizga Qozog‘istondan kelgan va «Toshkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo‘lib turgan. U O‘zbekiston hududiga kirmadi va 2019 yil 9 fevral kuni Bangkok shahriga uchib ketdi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, avvalroq u Tailanddan tranzit bilan Toshkent orqali Olmaota shahriga borgan edi.
8 fevral kuni Qozog‘istondagi jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda etnik qozoq K.Xalimubiyekega Toshkent aeroportidan deportatsiya qilish tahdid solayotgani haqida xabar berishgandi.
Manbalar xabariga ko‘ra, «Xitoyda tug‘ilgan etnik qozoq Xitoydan qochib, Toshkent aeroportida bo‘lgan. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi uni Xitoyga qaytarish niyatida edi», deya qayd etgan Qozog‘istonning «Atajurt» inson huquqlari tashkiloti yetakchisi ijtimoiy tarmoqlarda.
«Agar O‘zbekiston hukumati uni Xitoyga qaytarib yuborsa, u kamida 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi yoki o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin», - deya yozgan huquq himoyachisi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi