O‘zbekistonda nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotgan 10 ming 24 nafar oila aniqlandi. Ularning 6,5 mingga yaqinida nikoh rasmiylashtirildi, deya ma’lumot bermoqda «Oila davrasida» gazetasi.
Xabarda keltirilishicha, FHDYo organlari tizimida o‘tkazilgan o‘rganishlar demografik statistikada katta xatolar borligini ko‘rsatgan.
«Chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi tug‘ilgan chaqaloqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq qarab kelmoqda. Xususan, 9 ming 988 nafar bolaning tug‘ilganlik haqidagi hujjati mavjud emas. Shuningdek, qayd etilmagan hujjatlarning 90 foizga yaqini aynan tug‘ilish va nikoh haqidagi guvohnomalarga to‘g‘ri keladi», — deyiladi xabarda.
Yuridik nuqtai nazardan mazkur hujjatlarning mavjud emasligi fuqarolarni qonuniy huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi. Rasmiy guvohnomasi mavjud bo‘lmaganlar yo‘q shaxslar, deb hisoblanadi. Masalan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz bolani bog‘chaga rasmiylashtirib bo‘lmaydi, maktabga qabul qilinmaydi.
Nashrning xabar berishicha, fuqarolik holati dalolatnomalarining o‘z vaqtida qayd etilmaganini aniqlash bo‘yicha inventarizatsiya tadbirlari 2019 yil 1 iyulga qadar davom etadi.
Kun.uz'da e’lon qilingan maqoladagi Gulnora Fayziyeva esa farzandlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq emas, ammo rahbarlar uning ishini tushunarsiz vajlar bilan ortga surib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi