Davlat «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotuvga qo‘ydi. Hozir mehmonxona binosini boshqaruvchi «Otel O’zbekiston» MChJ qo‘shma korxonasida 80,13% davlatga tegishlidir.
Boshlang‘ich narx - 33 million dollar. Maksimal to‘lov muddati - 3 yil. Xaridor ikki yil mobaynida 100 milliard so‘m mablag‘ kiritish bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini o‘ziga olishi kerak. Bu mablag‘ mehmonxonani modernizatsiya va agar zarurat tug‘ilsa, rekonstruksiya qilish uchun kerak.
Yangi mulkdor 10 yil davomida faoliyatning asosiy turini (mehmonxona xizmatlari) saqlab qolishi, bino tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasligi va mehmonxonani boshqarish uchun eng yaxshi menejerlarni jalb qilishi shart. Tanlovda ishtirok etish uchun dastlabki narxning kamida 15 foizi miqdorida garov puli kiritish lozim.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston» mehmonxonasi - Toshkent markazida 1974 yilda qurilgan mehmonxona. Ushbu to‘rt yulduzli mehmonxona hali ham shaharning eng taniqli ob’ektlaridan biridir. Mehmonxonada 223 xona mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi