Foto: «Xalq so‘zi»
Farg‘ona viloyati Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i, Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi To‘xtasin aka o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski poli ostidan noan’anaviy ko‘rinishdagi hayvon qoldiqlari chiqdi. Topilmaning suyak tuzilishini ayni zamonimizda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir hayvonga qiyoslay olmagach, uni telefonida suratga oladi, deb yozmoqda «Xalq so‘zi».
«Hozir yashayotgan xonadonimiz 1969 yilda markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonida yangi infratuzilma barpo etish uchun qurilgan. Ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta hayvonga taxmin qila olmadim va qo‘shnilarni chaqirdim. Hamma har xil fikrlar, mulohazalar bildiryapti. Taxminimizcha, dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim...» — degan To‘xtasin aka.
Xonadon egasining aytishicha, bu uylar barpo qilinguniga qadar bu yerlar yaydoq cho‘l yerlari bo‘lgan. Giyoh ham o‘smagan. Xonadonlar qoidalariga rioya etilmasdan, yerning qattiq qismigacha kavlanmasdan qurilavergan. Shuning uchun bu hayvon suyaklari bezarar saqlangan bo‘lishi mumkin.
«Bizningcha, bu noyob topilmaga mutaxassislarning ko‘magi zarurga o‘xshaydi. Arxeologlar ilmiy xulosa berishlari zarur. Kim biladi, hali bu hayvon qoldiqlari shu kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy farazlarni butunlay o‘zgartirib yuborar», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi