Bugun 15 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida urbanizatsiya masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
«Xabar.uz» nashrining ma’lumot berishicha, unda ishtirok etgan Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Tursun Ahmedov shahardagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlari shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkinligini aytgan.
«Hozirda shahar me’morchiligi bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganayapmiz. Maqsadimiz – yirik shaharlarda oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari joylashuvini to‘g‘ri tashkil etish. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida universitetlar va ilmiy institutlar odatda shahar tashqarisida yoki atrofida joylashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti ham, balki 5 yil, balki 10 yildan keyindir, shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin.
Talabalar shaharchasi yaqinda obod qilindi, bu albatta quvonarli hol. Lekin mazkur hudud obod qilindi degani universitetlar ko‘chirilmaydi degani emas» degan Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi