07:32 / 20.02.2019
8 535

O‘zbekiston soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamidan (INN) voz kechadi

O‘zbekiston soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamidan (INN) voz kechadi
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich ravishda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamidan (INN) Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ga o‘tiladi. Bu haqida yangi imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) 14 ta sondan tashkil topgan bo‘lib, u pasportda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Ushbu yilning noyabr oyiga qadar har bir fuqaroning JShShIR raqami bo‘lib, unga INN, u ega bo‘lgan yer yoki uy joy mulkining kadastr raqami, pensiya jamg‘armasi raqami va boshqa ma’lumotlar biriktirilgan bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar O‘zbekistonda aholi soliq to‘lashda, pensiya olishda, biznes yuritishda va boshqa muhim sohalarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish, xizmat sifati, darajasi, qulayligi va tezligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar natijasida saoliq organlaridan qarzdorligi yo‘qligi, pensiya jamg‘armalari to‘langani va boshqa ko‘plab ma’lumotnomalarni bekor qilinishiga olib keladi.

Shuningdek, fuqaro va tadbirkorlar nafaqat o‘zlari ro‘yxatda turgan manzilda, balkim respublikaning istalgan nuqtasida Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Undan tashqari ko‘plab davlat xizmatlarini onlayn ravishda olish mumkin bo‘ladi. Onlayn rasmiylashtirilga hujjatlar uchun to‘lovlar 90% miqdorida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Davlat xizmatlari markazlari "yagona darcha" uslubida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni 100 dan oshib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamidan (INN) voz kechadi