11:47 / 24.02.2019
3 541

Toshkentda 70 dan ortiq ko‘cha ta’mirlanadi

Toshkentda 70 dan ortiq ko‘cha ta’mirlanadi
Toshkent shahar hokimining 19 fevraldagi qarori bilan shahardagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta’mirlash manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Poytaxtdagi 70 dan ortiq ko‘chalarda ta’mirlash ishlari 2019 yil dekabriga qadar bajariladi. O‘tgan yildagiga nisbatan ikki barobar ko‘proq 1 jami 1 844 688 kvadrat metr yo‘llar ta’mirlanadi.
Xususan,
  • Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 35 077 kvadrat metr;
  • Mahallalar hududidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 872 852 kvadrat metr;
  • Tuman prokurorlari sektorlarida aniqlangan ichki yo‘llardagi kamchiliklarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 417 394 kvadrat metr;
  • Shahar aholisi va mahalla faollarining ariza va shikoyatlarini ijobiy xal qilish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi 519 365 kvadrat metr maydon ta’mirlanadi.

«Shahar markaziy va ichki ko‘chalari ta’mirlanishi bilan bir qatorda ulardagi hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi», — deyiladi shahar hokimligi axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 70 dan ortiq ko‘cha ta’mirlanadi