
Fransiyaning "FIVS" kompaniyasi Jizzaxda arxitektura va avtomobil oynalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur loyihaga investitsiya talablari asosida Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer maydoni ajratiladi.
Prezidentimizning "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga asosan amalga oshiriladigan loyiha doirasida keng assortimentdagi arxitektura va avtomobil oynalari ishlab chiqarish o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar