23:30 / 27.02.2019
4 447

Toshkent shahar YHXB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

Toshkent shahar YHXB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
2019 yilning 26 fevral kuniga qadar shahar hududida haydovchilarning aynan orqaga harakatlanishlari vaqtida 9 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etildi va ularda 9 nafar fuqaro tan jarohatlari oldi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha turdagi avtomototransport vositalarining haydovchilariga hamda harakatning boshqa ishtirokchilariga murojaat qildi.

“Hurmatli haydovchilari va yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanish vaqtida doimo hushyor bo‘ling! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda harakatlaning. Haydovchilar, transport vositasini boshqarish jarayonida, ayniqsa orqaga harakatlanishda yon oynalardan samarali foydalaning, lozim bo‘lsa orqa oynadan ko‘rinish yetarli bo‘lmasa, erinmang, avtomashinadan tushib, bir karra orqa tomonni ko‘zdan kechiring. Bu xavfsizlikni ta’minlash, insonlar hayotini asrashda juda ham muhim omil ekanligini unutmang!” - deyiladi murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar YHXB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi