Qashqadaryoda yangi masjidga tamal toshi qo‘yildi (foto)

Muftiy Usmonxon Alimov Qashqadaryo viloyatida yangidan barpo etilayotgan «Abdurahmon Halifa» jome masjidining birinchi g‘ishtini qo‘yib berish uchun Koson tumaniga tashrif buyurdi, deya xabar beradi «Azon.uz».
Jome masjid poydevoriga tamal toshini qo‘yish jarayonida muftiy ushbu masjid mo‘min-musulmonlar uchun ziyo va hidoyat tarqatuvchi, yoshlar ma’rifati yuksalishida ulkan hissa qo‘shadigan dargoh bo‘lishini tilab, mazkur xayrli ishga hissa qo‘shganlar hamda mutasaddilar haqqiga duo qildi.

Foto: «Azon.uz»
Tadbirda ulamolar, mahalla faollari, mo‘ysafid otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jome masjid poydevoriga tamal toshini qo‘yish jarayonida muftiy ushbu masjid mo‘min-musulmonlar uchun ziyo va hidoyat tarqatuvchi, yoshlar ma’rifati yuksalishida ulkan hissa qo‘shadigan dargoh bo‘lishini tilab, mazkur xayrli ishga hissa qo‘shganlar hamda mutasaddilar haqqiga duo qildi.

Foto: «Azon.uz»
Tadbirda ulamolar, mahalla faollari, mo‘ysafid otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…