
Internetda avtobus haydovchisi va konduktor yoʻl haqi toʻlamagan pensioner ayolni avtobusdan haydab chiqargani tasvirlangan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining xabar berishicha, voqea bugun, 1 mart kuni Toshkentda, 51-sonli yoʻlovchi avtobusda sodir boʻlgan.
Videodan koʻrish mumkinki, avtobus haydovchisi transportni toʻxtatgan va pensioner ayoldan pul toʻlashni talab qilgan. Shu bilan birga, yoʻlovchilardan biri keksa ayolning oʻrniga yoʻl haqi toʻlab berish taklifi bilan chiqqan, lekin haydovchi va konduktor uning pulini olishdan bosh tortishadi.
Konduktor pensioner ayolni bir necha bor koʻrganligi haqida maʼlum qilgan. Oxir-oqibat haydovchi hamda konduktor keksa ayolni avtobusdan haydab chiqargan.
Tegishli tashkilotlar, shu jumladan, “Toshshahartransxizmat” ushbu hodisa boʻyicha hozircha izoh bermadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar