Mudofaa va ichki ishlar tizimidagi ortiqcha vaznga ega xodimlarga buni oʻnglash uchun muddat beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.
—Bizga ortiqcha vaznga ega zobit, ichki ishlar xodimi kerak emas. Bu holatda qanday qilib jinoyatchini tutadi? Sport bilan shugʻullansin. Bu menga emas, oʻzlariga foyda. Muddat beramiz: uch oymi, olti oymi, shu vaqt ichida oʻzini oʻnglab, meʼyordagi vaznga tushsin, — dedi davlat rahbari.
Prezident jismoniy tarbiya va sportga eʼtibor nafaqat ushbu tizimlarda, balki barcha darajada kuchaytirilishi, sogʻlom millatga aylanish, salbiy illatlar, xususan, ichkilikbozlikka qarshi muntazam kurashish lozimligini taʼkidladi.
Shavkat Mirziyoyev harbiy hizmatchilar hali ham “sovet davridan qolgan” kiyimlarda yurgani, yaqin orada bu borada ham oʻzgarish boʻlishini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi