Foto: Yoshlar media markazi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda bir qator tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan yigʻilishda yollanib ishlayotganlar faoliyatini tartibga solish masalalari muhokama etildi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va qator tashkilotlar ishtirok etdi.
Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazi yetakchi mutaxassisi Rustam Ibragimovning bir martalik mehnat bozorlarini tartibga solish borasida ishlab chiqqan “Job cafe” mobil ilovasi loyihasi koʻpchilikda qiziqish uygʻotdi.
Rustam Ibragimovning aytishicha, “Job cafe” mobil ilovasida bir kunlik ishga chiquvchilarning elektron bazasi yaratiladi. Ilovani mobil telefoniga yuklab olgan ish beruvchi ish joyidan turib ishchini topib, telefon orqali bogʻlanadi. Bu ham vaqtni tejab ovoragarchiliklarning oldini oladi.
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 yanvardagi yigʻilishida Toshkent shahrining 3 ta tumanida yollanma ishchilar faoliyatini tartibga solish maqsadida tajriba-sinov tarzida zamonaviy tipdagi vaqtinchalik ish bilan taʼminlash byurolarini tashkil etish belgilangan.
Yigʻilishda Markaziy Kengashning Bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy himoya boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan yollanma ishchilar uchun tajriba-sinov tarzida zamonaviy tipdagi vaqtinchalik ish bilan taʼminlash byurolarini tashkil etish konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi