
Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagramʻga joylagan storisda onasi oʻz xonadonidan oʻgʻirlab ketilganligi haqida maʼlum qildi, deb yozadi “Daryo” nashri.
Imonning soʻzlariga koʻra, ularning Toshkentdagi kvartirasiga prokuratura xodimlari bostirib kirib, dastlab onasiga tahdid qilgan, soʻng uni nomaʼlum tomonga olib ketgan.
“Ayni paytda u qayerda ekanligini va unga nima qilganligini hech kim bilmaydi, ammo Shveysariyadagi advokatlar va prokurorlar xabardor qilingan va ular choralar koʻrmoqda”, — deb yozdi Imon.
Gulnora Karimovaning qizi onasi muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinganidan keyin, 2018 yil iyuni oxiridan buyon Toshkent hududidagi xonadonda yashayotganini tasdiqladi.
Nashr ushbu holat yuzasidan izoh olish uchun Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilganida Imon Karimovaning bayonoti haqiqatga zid ekanligini, joylashtirilgan fotosuratlar esa eski ekanligini maʼlum qilishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar