Oʻzbekiston va undan tashqarida boʻlgan fuqarolar mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni koʻzlab, turli sohalarga oid, shu bilan birga yirik masshtabli oʻzgarish va yangiliklarni taklif etmoqda. Ushbu tashabbuslar ijtimoiy tarmoqlarda ham katta muhokamaga sabab boʻldi. Quyida takliflar ketma-ketligini taqdim etamiz.
5. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi soʻz ustalariga ssenariy tuzishda taklif bildirdi.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan qiziqchilik sanʼati ustalarining ommaviy tadbirlardagi chiqishlariga tayyorlanish, ssenariyni tuzishda hamkorlik qilish taklif etildi.
26 fevral kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyining majlislar zalida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Badiiy soʻz sanʼati va sahna masʼuliyati” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakili ana shunday taklifni ilgari surib, ishlarni hamkorlikda tashkil etishni maʼlum qildi.
4. Voyaga yetmagan farzandi bor ayollarning xorijga chiqishini cheklash taklifi bildirildi.
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida deputat Marhabo Qurbonova tarbiyasida yosh bolasi boʻlgan ayolning xorijga chiqishini cheklashni taklif qildi.
“Kommunal toʻlovlardan qarzingiz boʻlsa, xorijga chiqa olmaysiz. Bunga qonunchiligimiz yoʻl qoʻymaydi. Ammo 3-4 nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayollar chet elga bemalol chiqib ketmoqda. Buni tartibga solish kerak. Axir, xorijga ketgan onalarning farzandlari tarbiyasidagi muammolar, bu orqali oiladagi maʼnaviy muhit va jamiyatga yetkazilayotgan zarar xorijda topilgan boylikdan bir necha barobar koʻp ekanini hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi”, — deya taklifini asoslagan u.
3. Poytaxtni Jizzaxga koʻchirish taklif etildi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Evril Turon Oʻzbekiston poytaxtining Toshkent shahridan Jizzax viloyatiga oʻzgartirishni taklif etdi. U bu haqda “Oltin oʻlka” essesida bayon qilib, taklifini asoslantirishga uringan.
2. Oʻzbekiston nomini oʻzgartirish taklif etildi.
Xitoyda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talaba Oʻzbekiston nomini Uzbekland yoki Heartland etib oʻzgartirishni taklif qildi. Uning aytishicha, -iston qoʻshimchasi mamlakat jozibadorligini boʻgʻib turibdi.
1. Oʻzbekistonda Erkaklar qoʻmitasini tashkil etish taklifi bildirildi.
Ekspert Jamila Shermuhammedova Oʻzbekistonda Erkaklar qoʻmitasini tashkil etish masalasiga jiddiy qarashni soʻramoqda. Uning aytishicha, oilada erkakning, otaning oʻrni koʻtarilmas, u haqda kitoblar yozib, maqomini ulugʻlanmas ekan, oila mexanizmidagi ayrim elementlar yaxshi ishlamaydi, ajrimlar soni ortaveradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi