Foto: OʻzA
Orolning qurigan maydoni – Moʻynoq tumanidan 200 kilometr olisdagi Vozrojdeniye oroli hududidagi Shagʻala deb nomlanuvchi joyda koʻl paydo boʻldi, deb yozadi OʻzA.
Ushbu koʻl joriy yil yanvar oyida topilgan yer ostidan otilib chiqayotgan chuchuk suv manbasidan hosil boʻlgan.
Orolboʻyi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi boshligʻi Shavkat Olimovning taʼkidlashicha, Vozrojdeniye oroli hududida, yaʼni birinchi qazilgan quduqning qoshidan yana bir quduq qazilgan. Bu quduqning suvi ham chuchuk boʻlib, qattiqligi 2,5 milligramm ekvivalentga, minerallashuvi esa litriga 2,5 grammga teng.
“Quduqlar soni koʻpaysa, albatta, bu yerda hayvonot va nabotot dunyosi rivojlanadi, chorvachilik yoʻlga qoʻyiladi va boshqa koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarga yechim topiladi”, — deydi u.
Joriy yilda shunday quduqlardan 50 tasi qazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Orolboʻyi hududidagi tumanlarda oʻtgan asrda qazilib, suv chiqarilgan, ammo yillar oʻtishi bilan ishdan chiqib, nosoz holatga kelib qolgan quduqlarni qayta tiklash yuzasidan ham koʻrsatmalar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi