
Toshkent shahar hokimiyati va IIBB hamkorlikda Slovakiyadan yoʻl harakati xavfsizligi mutaxassislarini taklif etishdi. Ular tomonidan 1.14.1 — tartibga solinmaydigan piyodalar yoʻlakchasi uchun oq va qizil ranglardan foydalanish taklif etildi.
Yevropa davlatlarida piyodalar xavfsizligini taʼminlash tajribasi shuni koʻrsatdiki, sariq-oq chiziqlar har doim ham koʻzga tashlanmaydi. Ayniqsa, tungi vaqtlarda koʻrish ancha qiyin. Qizil-oq rang esa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham birdek koʻrinib turadi.
Oʻzbekistonda qizil-oq rangdagi ilk piyodalar yoʻlakchasi tajriba sifatida Amir Temur xiyobonidagi aylana yoʻlda chizildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar