
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi.
Jumladan, “Toshkent-Amritsar” yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan oʻtkazildi.
Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla boʻlaklarini olib oʻtish maqsadida yutib olganligi maʼlum boʻldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million soʻmlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.