Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi” maydonida Alpomish monumental haykali oʻrnatildi. Haykaltarosh Qurbon Norxoʻrozov tomonidan yaratilgan ushbu sanʼat asarida “Alpomish” dostonidagi bosh qahramon Alpomishning Boychibor otini Bobotogʻ choʻqqisidan bulutlararo “uchirtirib” borayotgan obrazi tasvirlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.
Maydonga koʻrk baxsh etib turgan ushbu monumentni yaratish uchun haykaltarosh usta tomonidan bir yildan oshiqroq vaqt sarflangan. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda qad rostlagan ushbu monument I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oldidan keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
“Ushbu asarimda qahramonning gʻalabaga boʻlgan ishonchi, kuchi, shiddatini tasvirladim. Qoʻlida yoy koʻtargan, mard, jasur, oʻziga ishonchi baland Alpomish siymosini yaratishga asosiy eʼtibor qaratdim”, — deydi haykaltarosh Qurbon Norxoʻrozov.
Aytish kerakki, oʻzbek xalqining ori, tantiligi, gʻururi, yurtga muhabbatini oʻzida aks ettirgan ushbu ijod namunasi oʻsib kelayotgan yosh avlodni yurtga sadoqat, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutishi shubhasiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi