27 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan brifingda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, 115ta chorrahaga oʻrnatilgan kameralar yordamida 2017 yildan shu paytga qadar jami 604 239ta, 2018 yil 7 avgustdan buyon 6ta statsionar va 4ta mobil fotoradarlar tomonidan 213 220ta qoidabuzalik qayd etilib, huquqbuzarlar aniqlangan.
Eng qizigʻi, poytaxt boʻylab 38ta statsionar va 5ta “yolgʻonchi” fotoradarlar, yaʼni “mulyaj”lar ham “ishlatilayotgan” xabar qilindi.
Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Azizxon Umarxonovning maʼlum qilishicha, bu vositalarning hammasini qoʻllashdan yagona maqsad – yoʻl harakati xavfsizligini oshirish koʻzlangan.
2019 yilning 29 mart holatiga koʻra, poytaxtdagi YTHlar soni 190tani tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 36,2 foizga kamayishiga erishilgan. Shuningdek, shu paytga qadar hodisalar sababli vafot etganlar soni 15 kishini tashkil qilgan boʻlsa, oʻtgan yilning dastlabki uch oyida bu koʻrsatkich 35 kishiga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi