Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan brifingda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Azizxon Umrxonovning maʼlum qilishicha, tirbandliklar va noqulayliklarning oldini olish maqsadida “Yoʻl harakati qoidalari”ning 3.27 yoʻl belgisi taʼsiri ostidagi hududda qoldirilgan mashinalar onlayn tartibda, harakatdagi avtopatrullar tomonidan qayd etilib, qoidabuzarlik avtomatik tartibda rasmiylashtiriladi va manzilga xat yuboriladi.
Hozirgi kunda IIBB va MIB oʻrtasidagi faoliyat muvofiqlashtirilishi yakuniga yetgan va vaqtida toʻlanmagan jarimalar avtomatik tarzda majburiy undiruvga oshiriladi.
“Toʻxtab turish” qoidasi buzilishi onlayn qayd etilishi sinov tariqasida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, dastlab poytaxtning eng tigʻiz bozorlarida, masalan “Chorsu” bozori atrofida, shuningdek eng koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan bekatlar hududlarida qoʻllaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi