17:23 / 28.03.2019
3 856

Abdulla Aripov Toshkent shahridagi amaldorlarni keskin tanqid qildi

Abdulla Aripov Toshkent shahridagi amaldorlarni keskin tanqid qildi
Joriy yilning 26 mart kuni Toshkent shahar hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazilib, Davlat byudjeti daromadlari manbalari boʻyicha 2019 yil 1 chorak yakunida kutilayotgan natijalar hamda byudjetga tushumlar borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga koʻra, yigʻilishda 2019 yil 1 chorakda Davlat byudjeti daromadlari reja koʻrsatkichi 4 trln. 485 mlrd. soʻm miqdorida tasdiqlangan boʻlib, 2019 yil 25 mart kuni holatiga reja koʻrsatkichi 3 trln. 683 mlrd. soʻmga yoki 82 foizga bajarilganligi taʼkidlandi.

Tasdiqlangan Davlat byudjeti daromadlari daromadlar tushumi rejasi ijrosi Uchtepa tumanida 67 foiz, Mirobod tumanida 69 foiz, Bektemir tumanida 74 foiz, Yunusobod tumanida 76 foiz, Mirzo Ulugʻbek tumanida 77 foiz, Shayxontohur tumanida 83 foiz hamda Sergeli tumanida 83 foizni tashkil etgan.

Reja bajarilishida qoloqlikka yoʻl qoʻyilganligi uchun Mirobod, Uchtepa tumanlari hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari, ushbu tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari qattiq ogohlantirildi.

Shayxontohur tumanida Davlat byudjet daromadlarining tushum rejasi bajarilishida qoloqlikka yoʻl qoʻyilganligi va boshqa kamchiliklar uchun tuman hokimi va uning birinchi oʻrinbosari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻiga xayfsan eʼlon qilindi.

Shuningdek, 1 chorak natijasi bilan tushum rejasi bajarilmagan taqdirda Toshkent shahri tumanlarining 4 ta sektor rahbarlari hamda tuman hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari ularga nisbatan qatʼiy jazo choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirildi.

Yigʻilishda ishtirok etgan Bosh vazir oʻrinbosari – moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev tomonidan tumanlardagi maʼsullarning faoliyati qattiq tanqid qilindi va Toshkent shahrida 1 chorak daromadlar tushumi rejasini mart oyining oxirigacha bajarish uchun 801,9 mlrd. soʻm miqdorida tushumni qolgan qisqa muddatda amalga oshirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Aripov Toshkent shahridagi amaldorlarni keskin tanqid qildi