Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Dehqonobod tumanida “Yurtin doston etar baxshi” deb nomlangan davra suhbati hamda festival oʻtkazildi.
Baxshilar eli boʻlgan Dehqonobodda bugungi kunda Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Qodir oʻgʻli,Oʻzbekiston xalq baxshilari Shomurod Togʻayev, Abdimurod Rahimov, Maxmatmurod Rajabov va Ochil Chorshanbiyev oʻzbek xalq dostonlari, termalarini kuylab kelmoqdalar.
Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodida boʻlib oʻtgan festivalda xalq dostonlaridan namunalar, badihagoʻylik yoʻlida termalar, aytishuvlar aytildi.
Festival doirasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda taniqli baxshi Bahrom Rahimov birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Murodilla Aliqulovga, uchinchi oʻrin esa Sanjar Chubayevga nasib etdi. Diyor Rasulov “eng yaxshi ijrochi” deb topilgan boʻlsa, Ilhom Rahimov “eng yaxshi cholgʻu ijrochisi” nominatsiyasida gʻolib chiqdi.
Gʻolib va sovrindorlar, festival ishtirokchilari Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodi direktori Hamidila Shermatov tomonidan qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi