
2019 yilning 1 aprel kuni soat 09:12da Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi Yongʻinni oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani Toshkent halqa aylana yoʻli koʻchasi 39-uyda joylashgan AYOQSH qarshisida turgan Epica rusumli avtomobil yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlumotiga koʻra, xabar asosida 2 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan.
Boʻlinmalar soat 09:14da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 09:19da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida avtomobilning motor qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi - avtomobilning motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar