Oʻzbekiston fuqarosi boshqaning pasporti bilan Rossiyaga kirmoqchi boʻldi

Foto: “Podrobno.uz”
Rossiyaning Astraxan viloyati chegarachilari mamlakat chegarasini birovning pasporti bilan kesib oʻtishga uringan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi, deb yozadi “Daryo.uz”.
Hibsga olingan shaxsning mamlakatga kirishi 2020 yil avgustiga qadar taqiqlangan, chunki u bungacha Leningrad viloyatida bir qator maʼmuriy qoidabuzarliklarni amalga oshirgan. Shu sababli Rossiya hududiga kirish uchun oʻzbekistonlik oʻz akasining pasportidan foydalangan, ularning tashqi koʻrinishi esa oʻxshash boʻlgan.
Fuqaro Toshkentdan Saratovga ketayotgan poyezdga oʻtirgan. Ammo “Aksarayskiy” oʻtkazish punktida chegara nazoratidan oʻtishda yolgʻon fosh boʻlgan. Qonunbuzarga nisbatan “Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish” moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiyaning Astraxan viloyati chegarachilari mamlakat chegarasini birovning pasporti bilan kesib oʻtishga uringan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga oldi, deb yozadi “Daryo.uz”.
Hibsga olingan shaxsning mamlakatga kirishi 2020 yil avgustiga qadar taqiqlangan, chunki u bungacha Leningrad viloyatida bir qator maʼmuriy qoidabuzarliklarni amalga oshirgan. Shu sababli Rossiya hududiga kirish uchun oʻzbekistonlik oʻz akasining pasportidan foydalangan, ularning tashqi koʻrinishi esa oʻxshash boʻlgan.
Fuqaro Toshkentdan Saratovga ketayotgan poyezdga oʻtirgan. Ammo “Aksarayskiy” oʻtkazish punktida chegara nazoratidan oʻtishda yolgʻon fosh boʻlgan. Qonunbuzarga nisbatan “Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish” moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…