6 139
“Karvon” bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyildi
Foto: OʻzA
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv boʻyida joylashgan, “Oʻrikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyekti savdoga qoʻyildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Mazkur uy-joy majmuasining boshlangʻich narxi 35 536 900 759 soʻm etib belgilangan.
Uchtepa tumani, Sakkokiy koʻchasi, 3-a uydagi bino va inshoot. Umumiy maydoni 4,3000 gektar, inshoot maydoni 20628 kvadrat metr.
Auksion oʻtkazilish sanasi 2019 yil 29 aprel.
Foto: OʻzA
Eslatib oʻtamiz, onlayn-auksion imkoniyatlari yanada kengaygan. Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 19 fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida quyidagi savdolar amalga oshiriladi:
- davlat mulki obyektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish boʻyicha auksionlar;
- 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha auksionlar.
Bundan tashqari, 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari ular toʻliq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi