17:05 / 03.04.2019
3 916

Bozorqoʻmlar orasida “Navroʻz” restorani sobiq rahbari ham sudlanmoqda

Bozorqoʻmlar orasida “Navroʻz” restorani sobiq rahbari ham sudlanmoqda
Avvalroq, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlari va boshqa jinoiy guruh aʼzolari ustidan sud oʻz ishini boshlagani haqida xabarbergan edik. Ayni vaqtda 22 kishi ustidan mahkama yuritilmoqda.

Ular orasida poytaxtda joylashgan “Navroʻz” restorani – “Navroʻz davlat qabullar uyi” DK direktori lavozimida ishlagan Dilshod Tillyaxodjayev ham bor. Tillaxodjayevga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 189 (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 209 (mansab soxtakorligi) moddalariga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, “Navroʻz” restorani – “Navroʻz davlat qabullar uyi” respublikaning nufuzli tadbirlari oʻtkaziladigan asosiy marosim zallaridan biri hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, jinoiy javobgarlikka tortilgan bozorqoʻmlardan biri – “Bek Toʻpi” bozori sobiq rahbari 57 yashar Shukrillaxon Ergashev joriy yilning 30 mart kuni tergov izolyatorida vafot etdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorqoʻmlar orasida “Navroʻz” restorani sobiq rahbari ham sudlanmoqda