11:30 / 04.04.2019
5 155

Fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul kotibi oyligi oshiriladi

Fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul kotibi oyligi oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga asosan fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolar fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan beriladi.

2019 yil 1 iyundan fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi joriy yil 1 maydan 1,25 baravarga va 1 oktyabrdan 1,2 baravarga oshiriladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

“Mahalla” teleradiokanali fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilandi.

2019 yil 1 iyulgacha fuqarolar yig‘inlari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga ulanadi hamda ular uchun imtiyozli tarif tasdiqlanadi. 2020 yil 1 yanvargacha “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Mahalla” elektron ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul kotibi oyligi oshiriladi