Toshkentda «Spark» avtomashinasi YPX inspektorini urib yubordi

Toshkentda «Spark» avtomashinasi YPX inspektorini urib yubordi
2019 yil 4 aprel kuni Yashnobod tumani Chilon ota ko‘chasida yashovchi F.Yu. “Spark” rusumli avtomashinasini “TXAY-Do‘rmon” ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, shu chorrahada vujudga kelgan avtomashinalar tirbandligini bartaraf etayotgan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizlik boshqarmasi xodimini urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada inspektor tan jarohati bilan IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar