O‘zbekistonda «Stop-trafik» operativ-profilaktik tadbiri davomida besh kun ichida 258 nafar fohisha qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda 26—30 mart kunlari «Stop-trafik» operativ-profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir ushbu davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari bilan xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan ushbu reydlar davomida fohishabozlik, qo‘shmachilik va bolalar savdosi kabi holatlar aniqlangan. Xususan, tungi klublar, mehmonxonalar va saunalarda uyushtirilgan 2 861 ta reyd davomida 258 nafar yengiltabiat ayol qo‘lga olingan. Ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. 87 nafar qonunbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.
Respublikaning barcha hududlarida, xususan, chekka tumanlarda, aeroportlarda, ta’lim muassasalarida, mahallalarda va sayyohlik kompaniyalarida 6 417 ta tashviqot ishlari olib borilgan. 6 259 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi