
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida yogʻgan kuchli yomgʻir natijasida koʻplab koʻchalarda suv toʻplanib qolgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Hududda 8 aprel kuni boshlangan yomgʻir bugun, 9 aprel kuni ham davom etmoqda.
Suratlarda koʻrinib turibdiki, ayrim yoʻllar, aholi yashovchi uylar oldi butunlay suvga toʻlib, avtomobillar harakati toʻxtab qolgan.
Bunday holat Buxoroda oʻtgan yili ham kuzatilgan, ayrim tarixiy obidalar suvga boʻkkani toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqalgandi.

Foto: Bukhara Info

Foto: Bukhara Info
Oʻzbekistonda aprel oyida koʻp yomgʻir yogʻmoqda va buning oqibatida shu vaqtga qadar Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida suv toshqinlari va sellar kuzatilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar