
2019 yil 8 aprel kunidan 9 aprel kuniga oʻtar kechasi soat 01:15larda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani, “Solur” MFY hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yoʻnalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yoʻlida YTH yuz bergan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʻga xabar berishicha, Qandim GPZ temir yoʻlining 2 km.da yoʻlni kesib oʻtayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi Z.K. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-bens” rusumli tirkamali yuk avtomashinasi bilan yoʻlini kesib oʻtayotgan TЕM2-5808-raqamli teplovozning yoqilgʻi bakiga urib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, Turkiya Respublikasi fuqarosi Z.K. ogʻir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorakoʻl tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ayrim xabarlarga koʻra, Turkiyaning TAFA shirkatiga qarashli “Mersedes-Bens” yuk mashinasi Oʻzbekistonning Buxoro shahriga kafel olib kelayotgan boʻlgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar