O‘zbekiston davlat san’at muzeyida Qozog‘iston Respublikasi ramziga aylangan “Oltin odam” namoyishga qo‘yildi.
Bu noyob topilma Olmaota shahri atrofida 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshida olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida Issiq qo‘rg‘onda topilgan. Saklar shohi “Oltin odam” o‘tgan asrning yirik kashfiyoti deb tan olinadi va “Qozoq Tutanxamoni” deb atala boshlanadi.
Ko‘rgazmaga kelganlar “Oltin odam”ni tilla bezaklar bilan bezatilgan kiyimda, qor qoploni, arxar, ot va qushlar tasviri tushirilgan plastinalar bilan bezatilgan konus shaklidagi bosh kiyimda ko‘rish mumkin.
“Oltin odam” ko‘rgazmasi bugungi kungacha Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Janubty Koreya va Tataristonda namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bu yil Qozog‘iston yili o‘tkaziladi. Uning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi