
2019 yil 10 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tuman prokuraturasidan kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 23 iyul kuni Qora-qamish 2/4-dahada yashovchi B.X. O‘rozboyev ko‘chasida joylashgan avtobus bekatida qo‘shnisi H.B.ga Toshkent viloyati Toshkent tumani Hasanboy QFY hududidan 5 sotix yer olib berishlikni aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs aldov yo‘li bilan undan 10 000 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermagan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.X. qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar