Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir natijasida katta avtomobil yo‘li o‘pirilib tushdi (foto, video)

Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir natijasida katta avtomobil yo‘li o‘pirilib tushdi (foto, video)
Foto: «Xalq so‘zi»
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan katta avtomobil yo‘li kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida o‘pirilibdi tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘pirilib tushgan yo‘l suratlari tarqaldi, deb yozadi «Xalq so‘zi».

Qayd qilinishicha, mazkur voqea tumanning Oqrabot mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan. Tog‘-adirliklardan iborat hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yer yumshab, asfalt qoplangan yo‘l o‘pirilib ketgan.
Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir natijasida katta avtomobil yo‘li o‘pirilib tushdi (foto, video)
Foto: «Xalq so‘zi»
Guvohlarning aytishicha, bu vaqtda yo‘lning mazkur qismida mashinalar harakatlanmagan. Shu boisdan hech qanday texnik vositalari va odamlar jabrlanmagan.
Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir natijasida katta avtomobil yo‘li o‘pirilib tushdi (foto, video)
Foto: «Xalq so‘zi»
Eslatib o‘tamiz, shuningdek kecha kuchli yomg‘ir natijasida Qamashi tumani Oqdahana qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Langar daryosida kuchli sel toshqini yuzaga kelgan. Mazkur holat aks etgan lavhani quyida ko‘rishingiz mumkin:
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar